Quvasoyda 42 mln dollarga logmarkaz quriladi

Eronlik tadbirkor Ali Husayniy Quvasoyda 42 mln dollarlik logistika markazi qurish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Kursiv.media xabar berdi.
Hab Qirg‘iziston bilan chegarada joylashtiriladi. U meva-sabzavotlarni qayta ishlab, eksportga yo‘naltirishga ixtisoslashadi. Loyiha tufayli 60 kishi ish bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, tomonlar Farg‘onada O‘zbekiston-Eron savdo uyi va mehmonxona ochish masalasini muhokama qildilar. Viloyat rahbari Xayrullo Bozorov barcha loyihalarni tezroq ishga tushirish uchun hokimiyat qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













