Yerda kuchli geomagnit bo‘ron kuzatilmoqda

Mutaxassislar ma’lum qilishicha, hozirgi paytda yerda kuchli geomagnit bo‘ron kuzatilmoqda va bu tabiiy hodisa kamida 15 soat davom etishi mumkin.
Quyoshdan chiqib yo‘nalgan plazma oqimlari sayyoramizning magnitosferasiga to‘qnashib, natijada 6 balllik, “qizil” xavf darajasidagi geomagnit faoliyat paydo bo‘ldi. Bu esa, tabiiy illatlar orasida eng ta’sirchanlaridan biri sifatida baholanmoqda.
Mutaxassislar aholini bu davrda asabiylikka berilib ketmaslik, tinchlikni saqlab, sog‘lig‘iga e’tibor qaratish va suvning miqdorini ko‘paytirishga chaqirmoqda. Shuningdek, ortiqcha bahslar va tortishuvga kirishmaslik ham zarur ekanligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













