Marg‘ilonlik otaxon Rossiyadagi JCh — 2018’ga velosipedda bormoqchi


65 yoshli marg‘ilonlik Akram Ma’rufjonov Rossiyadagi futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatiga velosiped haydab bormoqchi, deb yozadi «12news.uz».
U ayni paytda o‘ziga hamrohlik qilishi mumkin bo‘lgan sheriklarni qidirmoqda. Otaxon Rossiyaning mundial matchlari bo‘lib o‘tadigan barcha shaharlarini kezib chiqmoqchi.
Bunday sayohat Akram ota uchun birinchisi emas. 1995 yilda u velosipedda Makkaga haj safari uyushtirgan. 2006 yil yozida esa Germaniyagacha velosiped haydab borib, Germaniya termasi va Myunxenning «Bavariya»si darvozaboni Oliver Kan bilan ushrashishga muvaffaq bo‘lgan.
Manba: www.daryo.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













