Toshkent metrosida poyezd to‘xtab qoldi

Toshkent metrosida poyezd to‘xtab qoldi

24 sentyabr kuni soat 15:31 larda Chilonzor yo‘nalishidagi “Hamid Olimjon” – “Pushkin” oralig‘ida poyezdda tok qabul qilish qismida texnik nosozlik yuz berdi, deb yozmoqda uz24.uz nashri.

Natijada, poyezd 6 daqiqaga to‘xtadi va intervallar vaqtincha 10 daqiqagacha uzaydi.

Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, nosozlik bartaraf etildi va poyezdlar harakati to‘liq tiklandi. Ushbu tarkib 48 yildan beri foydalanilmoqda, ilgariroq rasmiylar 75% tarkib xizmat muddatini o‘tganini ma’lum qilgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.