O‘zbekiston 2,1 GVt quvvatga ega AES qurmoqda

O‘zbekiston 2,1 GVt quvvatga ega AES qurmoqda

Jizzax viloyatida quvvati 2,1 GVt bo‘lgan kombinalangan yadro elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilmoqda, deb yozmoqda Kursiv media sayti. Ikkita asosiy reaktor 1 GVtdan, ikki qo‘shimcha blok esa 55 MVtdan tashkil topadi.

Vitse-premer Jamshid Xodjaev ta’kidlashicha, mazkur stansiya 2035 yilga qadar yillik 15 milliard kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi va mintaqadagi sanoatni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

AESning qurilishi Jizzaxga investitsiyalarni jalb qilish va avtomobil sanoati kabi korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.