Toshkentda havo sifati sog‘liq uchun xavfli darajaga yetdi

Toshkentda havo sifati sog‘liq uchun xavfli darajaga yetdi

13-oktyabr kuni soat 09:00 da Toshkent shahrida havodagi PM2.5 zarrachalar miqdori me’yordan keskin oshgan. Avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, ularning konsentratsiyasi 88,37 mkg/m³ bo‘lib, bu SaNPiN 0053-23 me’yoridan 2,5 barobar ko‘p.

Shu bilan birga, PM10 zarrachalari me’yorda (281,4 mkg/m³) hamda avtotransport va sanoat korxonalari chiqaradigan uglerod oksidi ham xavfsiz miqdorda (0,49 mg/m³) ekani qayd etilgan, deb yozmoqda Upl.uz sayti.

IQAir xalqaro ekologik sayti ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent dunyoda havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 4-o‘rinni egalladi, uning ifloslanish indeksi 162 punktni tashkil etgan — bu sog‘liqqa zararli daraja sifatida baholanadi.

Reytingda Toshkentdan oldin quyidagi shaharlar joy olgan:

* Dehli (Hindiston)

* Lahor (Pokiston)

* Bag‘dod (Iroq)

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu yil Toshkentda havo sifati sovuq fasl kelmasdan oldinyoq yomonlashgan, holbuki oldingi yillarda bunday holat odatda kuzning oxirida kuzatilardi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.