Markaziy Osiyoda eng kuchli pasport — Qozog‘istonniki

Jahon pasportlari reytingi yangilandi, deb xabar berdi Henley & Partners kompaniyasi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston pasporti vizasiz kirish mumkin bo‘lgan davlatlar soniga ko‘ra 82-o‘rinni egalladi. Bu fuqarolarimiz 61 ta mamlakatga viza talabisiz borishi mumkinligini anglatadi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori o‘rinni Qozog‘iston egalladi — 67-o‘rin. Qozog‘istonliklar 78 ta davlatga erkin sayohat qila oladi. Qirg‘iziston 81-o‘rinda (62 ta davlat), O‘zbekiston 82-o‘rinda (61), Tojikiston 87-o‘rinda (55), Turkmaniston esa 93-o‘rinda (48 ta davlat).
Dunyo bo‘yicha esa Singapur o‘z yetakchiligini saqlab qoldi — bu mamlakat fuqarolari 227 davlatdan 193 tasiga vizasiz kira oladi. Uni Janubiy Koreya (190 davlat) va Yaponiya (189 davlat) kuzatib bormoqda.
AQSH ilk bor kuchli o‘ntalikni tark etib, 12-o‘ringa tushdi va bu o‘rinni Malayziya bilan bo‘lishmoqda. Rossiya ham reytingda pasayib, 50-o‘ringa tushdi.

“Henley Passport Index” tahlilchilari ta’kidlashicha, keyingi yillarda Osiyo davlatlari dunyodagi “eng kuchli pasportlar” ro‘yxatida yetakchilikni mustaxkamlamoqda. Bu esa iqtisodiy barqarorlik va xalqaro hamkorlikning o‘sib borishi bilan izohlanadi.













