Poytaxtda ichki ishlar boshliqlari yangi lavozimlarga tayinlandi


Toshkent shahrining beshta tumanida ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalariga (IIO FMB) yangi rahbarlar tayinlandi.
Yunusobod tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha boshliq o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Akmal Bahromov — Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i etib tayinlandi.
Olmazor tumani IIO FMBni boshqargan Mahkam Vafoyev — Yunusobod tumani boshlig‘i, uning o‘rniga esa Ibrohim Hasanov tayinlandi.
Shuningdek, Iskandar Rashidov — Mirzo Ulug‘bek tumani, Ulug‘bek A’zamxo‘jayev esa Bektemir tumani IIO FMB rahbarligiga tayinlandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













