O‘zbekiston va Ozarboyjon harbiy hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Ozarboyjon harbiy hamkorlikni kengaytirmoqda

Kecha, 20 oktyabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xolmuhammedov Ozarboyjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan Samarqand shahrida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, tajriba va amaliy bilim almashuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek mamlakatlararo harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda o‘zaro hamjihatlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

O‘zbekiston va Ozarboyjon harbiy hamkorlikni kengaytirmoqda

Uchrashuvning asosiy maqsadi tinchlik, birlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladigan amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Bugun, 21 oktyabr kuni Ozarboyjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan birgalikda Markaziy harbiy okrug «Kattaqo‘rg‘on» poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarboyjon va Qirg‘iziston Mudofaa vazirliklari bo‘linmalari ishtirokida o‘tkaziladigan «Birlik – 2025» mintaqaviy o‘quv mashg‘ulotlarini ham kuzatadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.