O‘zbekiston IIV rahbari o‘zgardi

O‘zbekiston IIV rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston hukumatida yana bir jiddiy o‘zgarish ro‘y berdi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Adham Ahmadboyev lavozimidan ketdi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.

Ishonchli manbaning ma’lum qilishicha, endilikda shu vaqtgacha Jizzax viloyati IIB boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Abdusalom Azizov O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbarligiga tayinlangan.
O‘zbekiston IIV rahbari o‘zgardi

Adhamjon Ahmadboyev 2013 yilning dekabrida O‘zbekiston IIV rahbarligida Bahodir Matlubovning o‘rnini egallagandi.
O‘zbekiston IIV rahbari o‘zgardi

Endi u prezidentning huquq-tartibot organlari ishi bo‘yicha davlat maslahatchisi sifatida ishlashda davom etadi.

Abdusalom Azizov Jizzax viloyati IIB rahbarligidan oldin turli yillarda respublika IIV rahbari birinchi o‘rinbosari, \"O‘zbekneftgaz\" milliy holding kompaniyasi raisi va \"O‘zbekneftmahsulot\" kompaniyasi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U shuningdek, 2008 yilda O‘zbekiston Futbol federasiyasi vise-prezidenti etib tayinlangani haqida ma’lumotlar bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.