Ehtiyojmand oilalarga isitish mavsumida 1 million so‘mdan beriladi

Ehtiyojmand oilalarga isitish mavsumida 1 million so‘mdan beriladi

O‘zbekistonda isitish mavsumi boshlanishi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam ajratish jarayoni yo‘lga qo‘yildi.

Prezident qaroriga muvofiq, bu yil mamlakat bo‘ylab 1,1 milliondan ortiq oila qo‘llab-quvvatlov ro‘yxatiga kiritilgan. Ulardan 822 mingtasi ijtimoiy reyestrda, yana 290 mingdan ziyod oila “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha aniqlangan.

Qo‘shimcha yordam oladigan toifalar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • boquvchisini yo‘qotgan oilalar – 33,8 mingta;
  • nogironligi bo‘lgan a’zosi borlar – 76,3 mingta;
  • og‘ir kasal a’zosi yashaydiganlar – 23,7 mingta;
  • yolg‘iz keksalar – 7 mingta;
  • gaz tarmog‘iga ulanmaganlar – 2 mingta;
  • bir xonadonda uch va undan ortiq oila yashaydiganlar – 26,2 mingta;
  • boquvchisi mehnat migratsiyasida bo‘lganlar – 34,7 mingta;
  • vaqtincha ishsizlar – 15,1 mingta;
  • faqat pensiya hisobiga yashovchi oilalar – 69,7 mingta;
  • yolg‘iz yashovchi fuqarolar – 2,3 mingta.

Mazkur tashabbus isitish mavsumida aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini moliyaviy qiyinchiliklardan himoya qilishga qaratilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.