“Yer usti xalqa yo‘li” to‘liq ishga tushirildi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Yer usti xalqa yo‘li” yo‘nalishi hali ham ishga tushirilmagani haqidagi xabarlar tarqalgandi. “Toshkent metropoliteni” mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Korxona ma’lumotiga ko‘ra, bugun — 1-noyabr tongidan boshlab “Yer usti xalqa yo‘li” yo‘nalishi yo‘lovchilar uchun to‘liq ishga tushirilgan. Hozirda ushbu yo‘nalishda 12 ta harakat tarkibi 7 daqiqalik interval bilan qatnamoqda.
“Toshkent metropoliteni” vakillari axborot makonida ishonchli ma’lumot tarqatish muhimligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq sahifalarini yuritayotgan fuqarolardan rasmiy manbalarga tayanib xabar e’lon qilish so‘raldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













