O‘zbekiston GM bilan hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston GM bilan hamkorlikni kuchaytiradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShda yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlarni davom ettirmoqda. Vashington shahrida davlat rahbari General Motors International kompaniyasi ijrochi direktori Shilpan Amin bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. So‘nggi besh yil davomida kompaniya tomonidan 1,6 million dona avtomobil ishlab chiqarilgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston ushbu brend uchun AQShdan keyin ikkinchi yirik bozor bo‘lib, Markaziy Osiyo va MDH mintaqasida savdo bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Bundan tashqari, GM vakili mahsulotlarni mahalliylashtirish jarayoniga ko‘maklashishni va’da qildi.

O‘zbekiston ishlab chiqarishni yaxshilash hamda yangi bozorlarga chiqishni rejalashtirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.