Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini shaxsan kuzatib qo‘ydi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini shaxsan kuzatib qo‘ydi

Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlarining tarixiy sammiti yakunlandi. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Prezidentlari ishtirokida o‘tgan Maslahat uchrashuvida davlat rahbarlari Ozarbayjon Respublikasini ushbu formatga to‘la huquqli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi to‘g‘risida qaror qabul qildilar.

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini shaxsan kuzatib qo‘ydi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini shaxsan kuzatib qo‘ydi

Uchrashuvda so‘zga chiqqan ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari mintaqaviy sheriklikni yanada mustahkamlash bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdilar. Yakunda ko‘p tomonlama hujjatlar imzolandi.

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini shaxsan kuzatib qo‘ydi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini shaxsan kuzatib qo‘ydi

Sammit doirasida 15-noyabr kuni davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Shu kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning mamlakatimizga davlat tashrifining asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini shaxsan kuzatib qo‘ydi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini shaxsan kuzatib qo‘ydi

Tadbir dasturidagi voqealar yakunlangach, “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon Prezidentlarini samimiy kuzatib qo‘ydi. Ular o‘z yurtlariga jo‘nab ketdilar.

Bugun, 17-noyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning mamlakatimizga davlat tashrifining asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.