Toshkentda zamonaviy ko‘chatxonalar tarmog‘i shakllantiriladi

Toshkentda zamonaviy ko‘chatxonalar tarmog‘i shakllantiriladi

Toshkent shahrida shahar ekologiyasini yaxshilash maqsadida zamonaviy ko‘chatxonalar tarmog‘i shakllantirilmoqda. Bu yerda ayniqsa poytaxt iqlimiga mos, qurg‘oqchilikka va harorat o‘zgarishiga bardoshli ko‘p yillik daraxt va butalar yetishtiriladi.

Yangi ko‘chatxonalar tizimi orqali shahar yashillik bilan ta’minlanadi, begona daraxtlarni olib kelish zarurati kamayadi. Bu ekologik barqarorlik va hududiy moslashuvni oshiradi.

Ko‘chatxonalarni ishga tushirish ishlari nihoyasiga yetmoqda. Loyihani 2026 yil bahorida ishga tushirish rejalashtirilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.