Toshkent davlat yuridik universiteti Yangi Toshkent hududiga ko‘chiriladi

Toshkent davlat yuridik universiteti Yangi Toshkent hududiga ko‘chiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti Yangi Toshkent hududiga ko‘chiriladi. Universitet uchun zamonaviy kampus qurilishi uchun yer ajratiladi va bunyodkorlik ishlari 2028-yilda yakunlanadi.

Adliya vazirligi buyurtmachi bilan hamkorlikda kampus loyihasi va qurilishini xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar va yirik qurilish kompaniyalari mablag‘lari hisobiga amalga oshiradi. Tanlov asosida eng maqbul takliflar jalb qilinadi.

Universitetning amaldagi binosi esa O‘zbekiston huquqi tarixiga oid muzeyga aylantiriladi. Bu muzey yurtimizdagi huquqiy taraqqiyot bosqichlarini aks ettiruvchi markaz sifatida faoliyat yuritadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.