Bu yil O‘zbekiston oliygohlariga qabul kvotasi 18 % ga oshiriladi

Bu yil O‘zbekiston oliygohlariga qabul kvotasi 18 % ga oshiriladi
Bu yil O‘zbekiston oliygohlariga qabul kvotasi 18 % ga oshiriladi

Respublikani rivojlantirish strategiyasini muhokama qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan media-haftalik chog‘ida Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiev kvota 18 % ga oshirilishini ma’lum qildi deb xabar beradi \"Diydoraziz\" sayti.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga belgilangan 57907 o‘rin qabul kvotasi o‘zgarmay kelmoqda. Oliy ta’lim olishni istovchilar soni esa muntazam oshib bormoqda. O‘tgan yili 663,2 ming abiturient o‘quv yurtlariga hujjat topshirdi (2015 yilda — 605,8 ming). Shu tarzda, bir o‘ringa 11 abiturient da’vogarlik qildi.

O‘zbekistonda ayni paytda 59 ta oliy o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, respublikada xorijiy oliygohlarning sakkizta filiali faoliyat yuritadi va ular uchun qabul kvotasi alohida belgilanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.