Samarqanddagi “Qorasuv” suv ombori jiddiy darajada qurib bormoqda

Samarqanddagi “Qorasuv” suv ombori jiddiy darajada qurib bormoqda

Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan “Qorasuv” suv omborida suv miqdori so‘nggi yillarda sezilarli darajada kamayib borayotgani aniqlangan. Bu haqda sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini kuzatib boruvchi Cosmo Monitoring kanali xabar berdi.

Sig‘imi 26,9 million kubometr bo‘lgan mazkur ombor odatda 8 100 gektar yer maydonini sug‘orish imkonini yaratadi. Ammo kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, yillik suv zaxiralari izchil ravishda qisqarib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil may oyida omborda 42,1 million kubometr suv mavjud bo‘lgan — bu me’yoriy sig‘imdan ham yuqori ko‘rsatkich edi. Hozirda esa suv hajmi sezilarli darajada kamayib, ayrim hududlar deyarli qurib qolgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.