O‘zbekiston yoshlari Dubay Para Osiyo o‘yinlarida birinchi bo‘ldi

O‘zbekiston yoshlari Dubay Para Osiyo o‘yinlarida birinchi bo‘ldi

O‘zbekiston yoshlari Dubay Para Osiyo o‘yinlarida birinchi bo‘ldi
BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi tarixiy natijaga erishdi. Delegatsiya ishtiroki mamlakatda tantanali tarzda kutib olindi.

Musobaqada O‘zbekiston yosh para sportchilari jami 197 medal qo‘lga kiritdi: 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza. Shu natija bilan O‘zbekiston 35 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Delegatsiya para yengil atletika, para taekvondo, bochcha, para suzish, para armrestling va para pauerlifting sport turlari bo‘yicha ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda Bahraynda o‘tkazilgan IV Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari 16 medal bilan umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallashgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.