Ertaga ko‘p shaharlarda yomg‘ir qorga aylanadi

\"Uzgidromet\"ga ko‘ra, 18 dekabr kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi va qor holatiga o‘tadi. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduz kuni 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq tuman tushishi mumkin. Buxoro va Navoiyda kechasi yoki ertalab yomg‘ir qor shaklida yog‘ishi ehtimoli bor. Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryoda ham shunga o‘xshash ob-havo kuzatiladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda qor holatiga o‘tadi. Tog‘li hududlarda esa kuchli qor yog‘ishi va qor ko‘chishi xavfi bor.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













