Vazir o‘rinbosari Past Darg‘om tumaniga hokim etib tayinlandi

Vazir o‘rinbosari Past Darg‘om tumaniga hokim etib tayinlandi
Vazir o‘rinbosari Past Darg‘om tumaniga hokim etib tayinlandi

fevral kuni xalq deputatlari Past Darg‘om tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda \"Sputnik\" nashri.

Nashrda ma’lumot berilishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.

Vohid Rahimov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Past Darg‘om tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan.

Samarqand viloyati hokimi Oqbo‘taev tavsiyasiga ko‘ra, shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Ergashev Sobir Fayzullaevich Past Darg‘om tumani hokimi etib tasdiqlangan.

\"Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida\"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan Ergashev Sobir Fayzullaevich Samarqand viloyati Past Darg‘om tumaniga hokim etib tayinlansin\", — deyilgan Samarqand viloyati hokimi imzolagan qaror matnida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.