Yanvar pensiyalari qachon beriladi?

Yanvar pensiyalari qachon beriladi?

Yanvar pensiyalari qachon beriladi?

Pensiya jamg‘armasi yanvar oyi uchun pensiya to‘lovlari boshlanish muddatini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, yil boshidagi dam olish kunlari sababli bank kartalari orqali pensiya oluvchi fuqarolarga to‘lovlar 5 yanvardan boshlab o‘tkaziladi.
Ma’lumotga ko‘ra, 31 dekabrdan 4 yanvargacha dam olish kunlari etib belgilangani inobatga olingan. Shuningdek, “2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga asosan Pensiya jamg‘armasining xarajatlari tasdiqlangan va to‘lovlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Naqd pul shaklida pensiya oluvchi fuqarolarga esa to‘lovlar Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan 27 yanvargacha grafik asosida amalga oshiriladi. Pensiya mablag‘lari mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali yoki fuqarolarning yashash manziliga yetkazib beriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.