Bu yil O‘zbekistonga 200 mamlakatdan sayyohlar tashrif buyurdi

Bu yil O‘zbekistonga 200 mamlakatdan sayyohlar tashrif buyurdi

Bu yil O‘zbekistonga 200 mamlakatdan sayyohlar tashrif buyurdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2025 yilning yanvar–noyabr oylari oralig‘ida O‘zbekistonni qariyb 200 mamlakatdan kelgan sayyohlar ziyorat qilgan.
Tahlillarga ko‘ra, kelgan mehmonlarning asosiy qismi 31–55 yoshdagi fuqarolar bo‘lib, ularning soni 5,4 million nafardan oshgan. Ikkinchi o‘rinda esa 56 yosh va undan katta sayyohlar turibdi — 2,18 million kishi.
Jami erkak sayyohlar soni 5,85 million, ayollar soni esa 4,9 million nafarga yetgan. Shu bilan birga, yoshlar (19–30 yosh) soni 1,75 million, bolalar va o‘smirlar (0–18 yosh) soni esa 1,38 million nafarni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning turizm bozorida xalqaro miqyosdagi nufuzi va qiziqish darajasi ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.