“Tashabbusli budjet”ning 2026 yilgi ilk mavsumi qachon boshlanadi?

Joriy yil 1 fevraldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026 yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” amaliyoti joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum ekani qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, jarayon bir nechta bosqichda tashkil etiladi. Xususan, 1–20 fevral kunlari loyihalarni kiritish, 21 fevraldan 7 martgacha loyihalarni saralash bosqichi o‘tkaziladi. 8–10 mart kunlari targ‘ibot ishlari olib boriladi.

11–20 mart kunlari ovoz berish bosqichi bo‘lib o‘tadi, 21–31 mart oralig‘ida esa qo‘shimcha g‘oliblar e’lon qilinadi. An’anaviy ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21 mart — Navro‘z bayrami kuni ma’lum qilinadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













