Mirziyoyev va rafiqasini aeroportda Erdo‘g‘an bilan rafiqasi kutib oldi

Mirziyoyev va rafiqasini aeroportda Erdo‘g‘an bilan rafiqasi kutib oldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga rasmiy tashrif doirasida Anqara shahriga yetib bordi. Oliy martabali mehmonlarni «Esenbog‘a» xalqaro aeroportida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va rafiqasi kutib oldi.

Mirziyoyev va rafiqasini aeroportda Erdo‘g‘an bilan rafiqasi kutib oldi

Qarshi olish marosimida ikki davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari va birinchi xonimlar qisqa muloqot o‘tkazib, O‘zbekiston–Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Mirziyoyev va rafiqasini aeroportda Erdo‘g‘an bilan rafiqasi kutib oldi

Tashrif dasturining asosiy nuqtasi — 29 yanvar kuni Anqaradagi Oqsaroy qarorgohida oliy darajadagi O‘zbekiston–Turkiya Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi. Muzokaralarda siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport, energetika, madaniyat, gumanitar sohalar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar atroflicha ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Mirziyoyev va rafiqasini aeroportda Erdo‘g‘an bilan rafiqasi kutib oldi

Shuningdek, Anqaradagi tadbirlar doirasida Xatay viloyati Arsuz tumanida «O‘zbekiston» turar joy majmuasining ochilishi hamda Istanbulda o‘zbek maktabi qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosimlar ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Mirziyoyev va rafiqasini aeroportda Erdo‘g‘an bilan rafiqasi kutib oldi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.