Ayrim yo‘l qoidabuzarliklar uchun ogohlantirish joriy etildi

Ayrim yo‘l qoidabuzarliklar uchun ogohlantirish joriy etildi

2026 yil 4 fevralda qabul qilingan qonun (O‘RQ–1116)ga muvofiq, yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq kam ahamiyatli qoidabuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish berish mumkin bo‘ladi.

Ma’muriy ogohlantirish — huquqbuzarga qonunga xilof harakatlarni takrorlamaslik haqida rasmiy eslatma bo‘lib, u yozma yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.

Ogohlantirish quyidagi moddalar bo‘yicha qo‘llanadi:

— 125-modda (1–2 qismlar);

— 128¹, 128², 128⁶-moddalar;

— 135¹-modda;

— 138-modda (1–2 qismlar).

Ma’lum qilinishicha, bir shaxsga nisbatan ogohlantirish yiliga faqat bir marta qo‘llanishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.