Shavkat Mirziyoyev Islomobodda: Pokistonda davlat tashrifi boshlandi

Shavkat Mirziyoyev Islomobodda: Pokistonda davlat tashrifi boshlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Islomobod shahriga yetib bordi. Safarning ilk daqiqalariyoq o‘zgacha ruhda o‘tdi: Pokiston havo hududiga kirilgan paytda oliy martabali mehmon samolyotiga ushbu mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi. Bu esa tashrifga bo‘lgan hurmat va e’tiborning yana bir ramziy ifodasi sifatida qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Islomobodda: Pokistonda davlat tashrifi boshlandi

Shavkat Mirziyoyev Islomobodda: Pokistonda davlat tashrifi boshlandi

O‘zbekiston rahbarini Islomoboddagi «Nurxon» aeroportida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, prezident Asif Ali Zardoriy hamda boshqa rasmiy shaxslar tantanali ravishda qarshi oldi. Marosim paytida ikki davlat bayroqlari baland ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortib, rasmiy protokolga mos ravishda munosabat bildirildi.

Shavkat Mirziyoyev Islomobodda: Pokistonda davlat tashrifi boshlandi

Shavkat Mirziyoyev Islomobodda: Pokistonda davlat tashrifi boshlandi

Dasturga muvofiq, bugun mudofaa kuchlari oliy bosh qo‘mondoni — qurolli kuchlarning quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni, feldmarshal Asim Munir bilan uchrashuv, shuningdek, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi. Bu format ikki mamlakat munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Islomobodda: Pokistonda davlat tashrifi boshlandi

Ertaga, 6 fevral kuni esa Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashuv hamda O‘zbekiston – Pokiston biznes forumida ishtirok etish rejalashtirilgan. Forum doirasida savdo-iqtisodiy aloqalar, sarmoyaviy loyihalar va ishbilarmonlik hamkorligini kengaytirish masalalari kun tartibida bo‘lishi tabiiy.

Shavkat Mirziyoyev Islomobodda: Pokistonda davlat tashrifi boshlandi

Qisqasi, Islomoboddagi bu tashrif rasmiy protokol bilan cheklanib qolmay, ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy ishonch va amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim safar sifatida boshlandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.