Ramazon hayiti sanasi bo‘yicha muhim ma’lumot aytildi

Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo kengashi ma’lumotlariga tayanib, Ramazon hayiti 20 mart sanasiga to‘g‘ri kelishi mumkinligi bildirildi. Qayd etish joiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham mazkur Kengash a’zolaridan biri hisoblanadi.
Shu jihatdan qaralganda, agar Hayit ayyomi O‘zbekistonda ham 20 mart kuniga to‘g‘ri kelsa, bu yilgi muborak Ramazon oyi 29 kunda yakun topishi ehtimoli bor.
Ayni paytda bu xabar ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Chunki hayit sanasining 20 martga to‘g‘ri kelishi nafaqat taqvimiy jihatdan, balki Ramazon oyining bu yil nisbatan qisqaroq davom etishi mumkinligini ham anglatadi. Endi ko‘pchilik rasmiy tasdiqni kutib qolmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













