O‘zbekistonda 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan ayollar soni 12,4 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan ayollar soni 12,4 mingdan oshdi

O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda tug‘ilishlar onaning yosh guruhlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:

🔸25 yoshgacha – 355 111 nafar (40,4 %);
🔸25-39 yoshdagilar – 512 034 nafar (58,2 %);
🔸40 yosh va undan kattalar – 12 454 nafar (1,4 %).

Ma’lumot o‘rnida, 2025 yil davomida O‘zbekistonda 879 599 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Bu raqamlar onalik umri va o‘z vaqtida oila qurish tendensiyasi haqida qiziqarli va ahamiyatli ma’lumotlar taqdim etmoqda. 40 yoshdan keyin ham oilaga qo‘shiluvchi ayollar soni ko‘payishi jamiyatda ona va oila qadrining baland ekanligini ko‘rsatadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.