O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi

Joriy yilning 4–8 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar va havo haroratidagi o‘zgarishlar sabab respublika tog‘li hududlarida – dengiz sathidan 2000 metrdan yuqori joylarda qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet tomonidan shoshilinch ogohlantirish e’lon qilindi.

Xususan, quyidagi hududlarda xavf yuqori deb baholanmoqda:

- Qashqadaryo viloyatida – Kitob va Shahrisabz tumanlari;
- Surxondaryo viloyatida – Boysun, Sariosiyo va Uzun tumanlari;
- Samarqand viloyatida – Samarqand hamda Urgut tumanlari;
- Jizzax viloyatida – Baxmal va Zomin tumanlari;
- Toshkent viloyatida – Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari (Chotqol tog‘ tizmasi);
- Namangan viloyatida – Pop tumanida qor ko‘chishi ehtimoli mavjud.

Mutaxassislar tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam olish maqsadida borgan fuqarolar hamda ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilarni alohida ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.

Ayniqsa, ob-havo keskin o‘zgarayotgan paytda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, ortiqcha tavakkalchilikdan qochish va rasmiy ogohlantirishlarga befarq bo‘lmaslik tavsiya etiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.