Tojikistonda 5,5 ballik zilzila: O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistonda 5,5 ballik zilzila: O‘zbekistonda ham sezildi

2026 yil 3 aprel kuni Tojikiston hududida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Hodisa soat 15:26:49 da ro‘y berdi va 10 km chuqurlikda yuz berdi.

Zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi. Farg‘ona viloyatida 3 ball, Namangan va Andijon viloyatlarida 2 ball, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ham 2 ball kuchida silkinish kuzatildi. Shuningdek, Toshkent shahrida ham yer titrash 2 ballga teng bo‘ldi.

Epitsentr Tojikistonda bo‘lib, Toshkentdan janubiy-sharqda 269 km masofada joylashgan. Hodisa koordinatalari 39,27 N va 71,01 E ni tashkil qiladi.

Mutaxassislar, aholi tinchlanishi va favqulodda vaziyatlarga tayyor bo‘lishi uchun tegishli choralarni ko‘rishni tavsiya qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.