Shavkat Mirziyoyev yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga bordi

Shavkat Mirziyoyev yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga bordi

Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavallud topganining 690 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash maqsadida joriy yil 5 fevral kuni prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga bordi

Hujjatga ko‘ra, har yili aprel oyi «Amir Temur oyligi» deb eʼlon qilinib, taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar va mahallalarda temurshunos olimlar, yozuvchi va sanʼatkorlar ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari va maʼrifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga bordi

Qaror ijrosi doirasida dunyodagi mashhur muzeylarning eng ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosi rekonstruksiya qilindi, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. Raqamlashtirish orqali imkoniyatlari kengaytirilib, ekspozitsiyalari yangilandi, jumladan, xorijdagi to‘plamlardan xarid qilingan eksponatlar bilan boyitildi.

Shavkat Mirziyoyev yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga bordi

Jumladan, muzeyning birinchi qavatida «Buyuk Sohibqiron – Ikkinchi Renessans asoschisi» bo‘limi tashkil etildi. Ikkinchi qavatda esa sunʼiy intellekt va “aqlli” texnologiyalar asosida Amir Temur davri va temuriylar haqida interaktiv ekspozitsiyalar joylashgan. Shuningdek, 3D formatdagi eksponatlar hamda xaritalar namoyish qilingan.

Shavkat Mirziyoyev yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga bordi

Davlat rahbari Temuriylar tarixi davlat muzeyining yangilangan ekspozitsiyasi va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, ajdodlar merosini o‘rganish, asrab-avaylash va targ‘ib etishning naqadar muhim ekaniga urg‘u berdi.

Shavkat Mirziyoyev yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga bordi

«Dunyo havas qilgulik tariximiz, merosimiz bor. Sohibqiron tarixini jamlagan muzey zamonga munosib yangi qiyofaga kelgani yaxshi bo‘ldi. Endi buni aholimizga, yoshlarga, xorijlik mehmonlarga yetkazish eng katta vazifamiz. Yangi O‘zbekistonni yuksaltirish uchun kerakli bilimlarni qayerdan olish mumkin desangiz, bularning barchasi – ajdodlarimiz qoldirgan merosda, ilmda. Shu bois, yoshlarimizni, nuroniylarni, umuman, aholimizni mahallabay tarzda muzeylarga olib kelib, buyuk tariximiz haqidagi bilimlarini oshirishimiz lozim», – dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif asnosida Temuriylar tarixi davlat muzeyining mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.