Uzbekistan Airways Toshkent–Tel-Aviv reyslarini qayta yo‘lga qo‘ydi

Uzbekistan Airways Toshkent–Tel-Aviv reyslarini qayta yo‘lga qo‘ydi

Uzbekistan Airways 14 apreldan boshlab Toshkent — Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi O‘zbekiston elchixonasi maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, parvozlar haftaning dushanba, seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 3 maydan boshlab yakshanba kunlari Toshkent — Samarqand — Tel-Aviv hamda Tel-Aviv — Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Uzbekistan Airways mart oyi oxirida Tel-Avivga reyslarni majburiy ravishda bekor qilgandi.

Shu tariqa, aviakompaniya xalqaro parvozlarni bosqichma-bosqich tiklab, yo‘nalishlar tarmog‘ini yana-da kengaytirishda davom etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.