Toshkentda issiq suvni o‘chirish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi

Toshkentda issiq suvni o‘chirish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi
“Toshissiqquvati” UK ikkita issiqlik markazida issiq suvning o‘chirilish muddatlariga o‘zgartirish kiritilganini ma’lum qiladi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

IM-9da issiq suvning to‘liq o‘chirilishi 1-5 may (avval 17-21 aprel), IM-10da 10-14 aprel kunlari (24-28 aprel)ga belgilandi.

Issiqlik markazlarining yo‘nalishlari:

IM-9, Hudud: Chilonzor 9, G9A, 10, 13-15, 15A, 21-25, 30, 31 dahalari, Sharq, Al Xorazmiy – 1, 2, Beshqayrag‘och, Guliston, Izza massivlari, Taqachi, Guliston, Shirin, Lutfiy, Katta xalqa yo‘li, O‘rikzor, Katta Xirmontepa, Kichik xalqa yo‘li, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yu. Sakkokiy, Foziltepa, Farxod ko‘chalari, O‘rikzor bozori hududi.

IM-10, Hudud: Forobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, Talabalar, Katta xalqa yo‘li, Qamariniso, Karakamыsh 1- ko‘cha, Shifokorlar 2-ko‘chalari, Yoshlik, Chimboy, Jarariq mitti tumanlari, Qoraqamish – 2/3, 2/4, Beshqo‘rg‘on – 1, 2, 3, 4, Qamariniso O‘zMU – ToshDTU, Olimpiya, Ibn Sino 1, 2, Beltepa, Shifokorlar shaxarchasi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.