Xivada “Lazgi” xalqaro festivali tantanali ravishda ochildi

Xivada “Lazgi” xalqaro festivali tantanali ravishda ochildi

Xiva shahridagi qadimiy Ichan-qalʼa hududida “Lazgi” III xalqaro raqs festivalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda turli davlatlardan kelgan raqs sanʼati namoyandalari, YUNESKO mutaxassislari, diplomatlar va olimlar ishtirok etdi.

Mehmonlar milliy madaniyat va tarixiy muhitni yaqindan his qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Ochilish marosimida davlat rahbarining tabrigi oʻqib eshittirildi.

Unda “Lazgi” raqsining uch ming yillik tarixga ega ekani va u jahon sahnalarida munosib eʼtirof etilayotgani alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, “Lazgi” xalq ruhiyati, madaniyati va sivilizatsiyalar oʻrtasidagi muloqotni ifodalovchi noyob sanʼat namunasi sifatida baholandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.