Kuchli yomgʻir “Chorsu” metro bekati faoliyatiga taʼsir qilmagani maʼlum qilindi

3 may kuni respublika hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli yogʻingarchilik kuzatildi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda “Chorsu” metro bekati atrofini suv bosgani haqidagi videolar tarqalishiga sabab boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy izoh berdi.
Vazirlik maʼlumotiga koʻra, suv oqimlari metro tomon yoʻnalgan boʻlsa-da, uning katta qismi irrigatsiya va drenaj tizimi orqali chiqib ketgan. Suv toʻplanishining oldini olish uchun Toshkent shahar FVB kuch va vositalari jalb etilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda “Chorsu” metro bekati odatiy tartibda faoliyat yuritmoqda.
Poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida uzluksiz davom etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













