Navoiy va Urganch IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

Navoiy va Urganch IIBga yangi boshliqlar tayinlandi
O‘zbekiston IIVning qator bo‘linmalariga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda «Postda» gazetasiga tayanib, «Gazeta.uz»ga tayanib \"Daryo.uz\" xabar berdi.
Navoiy shahar ichki ishlar bo‘limiga podpolkovnik Farhod Sidiqov boshliq bo‘ldi. Urganch shahar IIBga esa podpolkovnik Ilhom Tojimurodov rahbarlik qiladi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tuman IIBga — podpolkovnik Valijon Ibragimov, Navoiy viloyati Qiziltepa tuman IIBga — podpolkovnik Yunus Eshmuratov, Andijon viloyati Xo‘jaobod tuman IIBga — podpolkovnik Sirojiddin Mamadaliev, Qashqadaryo viloyati Muborak tuman IIBga — podpolkovnik Salohiddin Sharipov va shu viloyatning Nishon tumani IIBga — podpolkovnik Mahmanazar Xolmurodov boshliq etib tayinlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.