Buxoroda 2017 yil boshidan beri 57 rahbar ishdan bo‘shatildi

Buxoroda 2017 yil boshidan beri 57 rahbar ishdan bo‘shatildi
Buxoro viloyati hokimligida 17 aprel kuni viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirokida hokimlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Xabar berishlaricha, Buxoro viloyatida 2017 yil boshidan beri turli lavozimlarda ishlab kelayotgan jami 57 nafar rahbarlar vazifasidan ozod etilgan.

Qayd etishlaricha, ular «mehnat faoliyati davomida berilgan topshiriqlarga nisbatan mas’uliyatsizligi, rahbarlik qilayotgan tizimida ijro intizomini susaytirganligi hamda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun» ishdan bo‘shatilgan.

«Yig‘ilishda viloyatda ijro intizomi sifatini kuchaytirish yuzasidan aniq tizim belgilab olindi», — deyiladi hokimlik axborot xizmati xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.