Yagona portalning ikki yilligi arafasida rekord qayd etildi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz tashkil etilganining ikki yilligi arafasida rekord qayd etildi – arizalar soni chorak million (250 ming) ga etdi. Bu haqda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markaziga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013 yil 1 iyul kuni ish boshlagan va bugun, 2015 yil 1 iyul kuni ushbu sanaga ikki yil to‘ldi.
Yagona portalning asosiy elementlaridan biri «Statistika» moduli bo‘lib, u foydalanuvchilarning ariza va murojaatlari davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi holati haqida yangilanuvchi ma’lumotni taqdim etadi. Bu davlat organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlashga qaratilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













