Toshkentda yana bir yangi bog‘ barpo etiladi

Toshkentda yana bir yangi bog‘ barpo etiladi
Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yunusobod tumanida tashrifi jarayonida Bo‘zsuv kanali bo‘yida barpo etiladigan ushbu bog‘ loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA\'ga tayanib Sof.uz xabar qildi.

Bog‘da kitob o‘qish uchun maxsus joylar, favvoralar, amfiteatr, ko‘rgazma pavilonlari, sport va sog‘lomlashtirish zonalari, kamonchilar va havaskor baliqchilar klublari tashkil etiladi, zamonaviy attraksionlar o‘rnatiladi. Bog‘ hududga tutash Shahidlar xotirasi xiyoboni bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etadi.

Shavkat Mirziyoyev bu erni madaniyat va ma’naviyat maskaniga aylantirish, yoshlar, kitobxonlar uchun barcha sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bog‘ni barpo etishda tabiiy relefdan oqilona foydalanish, turli daraxt va gulzorlarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.