O‘zbekistonlik harbiylar Rossiya zenit qismidan ustun keldi

O‘zbekistonlik harbiylar Rossiya zenit qismidan ustun keldi
Rossiyalik harbiylar \"ArMI-2017\" xalqaro armiya o‘yinlarida 13 ta bosqichdan so‘ng etakchilik qilmoqda, deb xabar beradi tadbir Bosh hakami general-mayor Dmitriy Gorbatenko.

\"O‘tgan sakkiz kun mobaynida tashkil etilgan tanlovlar natijasiga ko‘ra, Rossiya jamoasi 13 ta g‘oliblik bilan birinchi o‘rinda, undan keyingi o‘rinda 7 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan Xitoy va uchinchi o‘rinda qozog‘istonlik harbiylar peshqadamlik qilmoqda\", - deydi u.

Gorbatenkoning aytishicha, yakshanba kuni \"Xavfsiz marshrut\" tanlovi o‘z yakuniga etadi. \"Biz Armiya o‘yinlarida eng murakkab tanlovlar bellashuvidan o‘tib, tadbir yakuniga yaqinlashib qoldik\", - deb ta’kidlaydi Bosh hakam.

So‘nggi o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston jamoasi rossiyalik zenitchilardan ustunroq keldi. Shunday qilib, Xitoy hududida o‘tkazilgan \"Desant kuchlari\" va \"Musaffo osmon\" tanlovlarida birinchi o‘rin Xitoyga nasib etdi.

4 avgust kuni e’lon qilingan tadbir umumiy reytingida o‘zbekistonlik harbiylar ikkita g‘oliblik o‘rni bilan ettinchi pog‘onada kelayotgan edi.


Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.