Andijonda bir sigirdan 3ta buzoqcha tug‘ildi

Andijonda bir sigirdan 3ta buzoqcha tug‘ildi
Andijonda bir sigirdan 3ta buzoqcha tug‘ildi

Yakunlanayotgan haftada Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi Guliston QFY hududida joylashgan Karnaychi mahallasida istiqomat qiluvchi Olimjon Yunusovning xonadonida parvarishlanayotgan sigir birdaniga 3ta buzoqcha tug‘di.

Ularning ikkitasi novvos, bittasi esa g‘unajin ekani ma’lum qilingan. Shuningdek, buzoqchalarning barchasi sog‘lom, holati ko‘ngildagidek ekani aytilgan.

\"Bu biz uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Oilamizning barcha a’zolari juda ham xursand. Sigir va buzoqlarni mehr va e’tibor bilan parvarishlayapmiz\", - deydi xonadon sohibi O.Yunusov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.