«O‘zbekiston 24» telekanali rahbari o‘zgardi

«O‘zbekiston 24» telekanali rahbari o‘zgardi
Ozod Hamidxo‘jaev «O‘zbekiston 24» telekanali rahbarligidan ketdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Hamidxo‘jaev yangi tashkil etilgan kanalga may oyi oxirida rahbar bo‘lib kelgandi.

Telekanalga endilikda Nodir To‘laganov direktor etib tayinlandi. U bungacha «O‘zbekiston» telekanaliga rahbarlik qilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni Nuriddinov MTRK raisi o‘rinbosarligidan olinib, «O‘zbekiston» telekanaliga direktor etib tayinlangandi. U bugun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosarligiga qaytarildi. Uch kunlik rais o‘rinbosari Bahodir Yunusov qaysi ishga o‘tgani ma’lum emas, shuningdek, «O‘zbekiston» telekanaliga endi kim direktor bo‘lgani aytilmayapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.