«Bunyodkor» shohko‘chasi va Muqimiy ko‘chasi kesishmasida yangi ko‘prik barpo etiladi


Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida joylashgan «Bunyodkor» shohko‘chasi va «Muqimiy» ko‘chalari kesishmasida («Novza» metro bekati yonida) yangi er usti yo‘li barpo etiladi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur ko‘prikning loyihasi aks etgan suratlar paydo bo‘lgan. Hozircha mazkur qurilish ishlarining qachon boshlanishi va qaysi muddatga yakunlanishiga aniqlik kiritilmagan.
Toshkent shahar hokimligi xodimlarining 12news.uz nashriga ma’lum qilishicha, ko‘prik loyihasi tayyorlab bo‘lingan. Hozirda qurilishni moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Qayd etish kerakki, «Bunyodkor» va «Muqimiy» ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada mashinalar qatnovi ortib ketishi natijasida so‘nggi vaqtlarda tirbandliklar yuzaga kelayotgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













