Maktablarda yangi o‘quv yili qaysi kundan boshlanishiga aniqlik kiritildi

Maktablarda yangi o‘quv yili qaysi kundan boshlanishiga aniqlik kiritildi
O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili odatdagi kabi 2 sentyabr, shanba kuni boshlanadi. Bu ma’lumotni Kun.uz muxbiriga Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati tasdiqladi.

Shu tariqa, bungacha ayrim nashrlarda yangi o‘quv yili 4 sentyabr, dushanba kuni boshlanishi haqidagi xabarlar rasman inkor etildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili, 2016/2017 o‘quv yili 4 sentyabr, yakshanba kunidan boshlangandi. O‘shanda bunga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident qarori sabab bo‘lgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.