Sirdaryo viloyatida yangi savdo majmuasi va bozor quriladi

Sirdaryo viloyatida yangi savdo majmuasi va bozor quriladi
Sirdaryo viloyatida yangi savdo majmuasi va bozor quriladi

O‘zbekiston hukumati “Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hududida zamonaviy savdo majmuasi va dehqon bozori qurish” bo‘yicha loyihani tasdiqladi.

Hujjatda aytilishicha, 18,931 mlrd so‘mlik ushbu loyiha buyurtmachilari «Sirdaryo Guliston savdo kompleksi» MChJ va «Guliston shahar dehqon bozori» MChJ hisoblanishadi.

Qarorda ushbu loyiha yuqorida ko‘rsatilgan buyurtmachilar tomonidan moliyalashtirilishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, Boyovut tumani Sirdaryoning yirik tumanlaridan biri hisoblanib, markazi Boyovut shahri hisoblanadi. Tumanda 107,8 ming kishi istiqomat qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.