Ertaga navbatdagi qor yog‘ishi kutilmoqda!

Ertaga navbatdagi qor yog‘ishi kutilmoqda!
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 3 va 4 oktyabr kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, keyinchalik qorga aylanishi mumkinligi haqida xabar berdi.

Ertaga, 3 oktyabr kuni Chorvoq, Chimyon va Qamchiq dovonida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) yog‘ishi mumkinligi aytilgan. Havo harorati kechasi 1–6 daraja, kunduzi 4–11 daraja iliq bo‘lishi aytilgan.

4 oktyabr kuni esa yuqoridagi hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 2–4 daraja, kunduzi 5–7 daraja iliq bo‘lishi xabar qilingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.