24 oktyabr kuni respublika bo‘ylab kuchli shamol kuzatiladi

24 oktyabr kuni respublika bo‘ylab kuchli shamol kuzatiladi
Seshanba kuni O‘zbekiston hududida shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayadi, deb xabar qiladi \"O‘zgidromet\" markazi.

Havo harorati 24 oktyabr kuni kunduzi o‘rtacha +20…+23, kechasi — +5...+10 darajaga yetadi. Toshkentda kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr kuni Toshkent va Buxoro viloyatlari hududida 32 m/s tezlikda shamol kuzatilgandi. Kuchli dovul oqibatida bir kishi vafot etdi. Shamol uylar va binolarning tomlari, avtomobillarga zarar yetkazdi, elektr liniyalarining uzilishi tufayli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ldi.

Manba: Uz24.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.