2-3 noyabr kunlari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi

2-3 noyabr kunlari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi
2-3 noyabr kunlari Rossiya Hukumati raisi Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «UZ24» sayti xabar qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.

Tashrif doirasida ko‘p qirrali o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish, ularni aniq mazmun bilan boyitishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun hukumatlararo muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Dmitriy Medvedev, shuningdek, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.