Toshkentda 10-11 oktyabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda


Shu haftaning shanba va yakshanba kunlari Toshkent shahrida havo harorati keskin tushishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb yozmoqda Kun.uz.
O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra 10 oktyabr kuni kunduzi havo harorati 28 daraja bo‘ladi, kechasi esa mayda yomg‘ir yog‘ib o‘tadi.
Yakshanbaga o‘tar kechasi havo qisman bulutli bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutiladi, keyingi kunda esa kun bo‘yi yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
11 oktyabr kuni kunduzi havo harorati Selsiy ko‘rsatkichi bo‘yicha +20 -+22, kechasi esa +8dan +10 darajagacha bo‘lishi kutiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













